Kissavur kim?

Kissavur kim?

Kissavur soʻzi forschadan olingan, asliyatda xaltani, kissani kesuvchi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida choʻntak oʻgʻrisini, koʻcha-koʻy, bozor va boshqa joylarda kishilarning narsalarini oʻgʻirlovchi kishini ifodalaydi:

 

Birov: “Sobir akaning oʻgʻli kissavur boʻlib ketibdi” desa, yana birov: “Kechalari xilvat joylarda yoʻl toʻsib, odamlarni talarmish”, deyardi.

M. Ismoiliy, “Odamiylik qissasi”.

 

📌  Demak:

Kissavur

Kisovur, kisavur, kissovur ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.