Turshak va bargak: farqi nimada?
Turshak – danagi bilan quritilgan oʻrik.
Zebixon patnisda non, turshak olib chiqib, ular [mehmonlar] oldiga qoʻydi.
S. Ahmad, “Ufq”.
Turshak suvi turshakni suvda qaynatib tayyorlanadigan ichimlikni bildiradi.
Oʻrnidan turdi-da, kosadagi turshak suvidan ikki-uch qoshiq ichdi.
Gazetadan.
Bargak esa danagi olingan holda quritilgan oʻrikni anglatadi. Asli forscha bu soʻzning oʻzbekchasi – oʻrikqoqi.
– Aytganday, Qurbon akani birinchi MARTA tomga bargak yoyayotganimda koʻrganman, – dedi Mehri opa.
A. Eshonov, “Dutor”.