Uch kunda fosh boʻlgan yolgʻon
Toʻrt talaba toʻyga bordi. Ertasiga imtihonlari bor boʻlishiga qaramay, oʻyin-kulgiga berilib ketishdi. Yarim kechada uyga qaytib kelishdi va qotib uxlashdi. Tongda turib rosa bosh qotirishdi va oʻzlaricha bir yoʻl topishdi.
Darsga yuz-qoʻllariga moy surtilgan holda kelishdi. Kecha toʻydan qaytayotib mashinaning balloni yorilib ketgani, tuzatishga rosa urinishgani, lekin imkoni boʻlmagani va shu sababli imtihonga tayyorgarlik koʻra olmaganlarini aytishdi. Ustoz ularning uzrlarini qabul qildi. Imtihonga hozirlik koʻrish uchun yana uch kun muhlat berdi.
Uchinchi kuni talabalar puxta tayyorlanib keldi. Ustoz bu juda muhim imtihon ekani, unda hech qanday aloqa vositasi, kitob yoki qaydlardan foydalanish mumkin emasligini uqtirdi. Har biriga oq qogʻoz va yelimlangan test konvertini berib, alohida-alohida xonaga kirgizdi. Talabalar savolga bemalol javob beramiz, aʼlo baho naqd deb oʻylagandi. Biroq konvertni ochib, hayron qolishdi. Unda oʻsha kuni mashinaning qaysi balloni yorilib ketgani soʻralgan edi. Tabiiyki, oldindan kelishib olmaganlari uchun har kim har xil javob berdi. Yolgʻonlarining umri uch kunga ham yetmagan talabalar qoʻlga tushdi va imtihondan yiqildi.
Orif Tolib tarjimasi
“Islom nuri” gazetasining 2019-yil 13-sonida chop etilgan.