Universitetga oʻzbekcha ot qoʻysa ham boʻladi

Universitetga oʻzbekcha ot qoʻysa ham boʻladi

Oʻzbekistonda Cyber university davlat universiteti tashkil etiladi deb xabar beryapti Kun.uz. Oliy oʻquv yurti kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilyapti.

Universitetda kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Eʼtiborimni tortgan jihat: oliy oʻquv yurti davlatga tegishli va unga inglizcha nom berilgan. Xususiy universitetlarning aksariyati oʻziga inglizcha ot qoʻydi va bunga koʻz oʻrgandi. Endi navbat davlat taʼlim muassasalariga ham kelibdi. Nom inglizcha boʻlsa, daraja koʻtariladimi yo taʼlim yaxshiroq berilib qoladimi?

Yangi tashkil etilayotgan universitet yoʻnalishlaridan kelib chiqib unga oʻzbekcha ot topish muammo emas. Hech iloji boʻlmasa, nomni oʻzbekcha imloda ifodalasa boʻladi. Variantlar:

  • Raqamli texnologiyalar universiteti
  • Raqamli dunyo universiteti
  • Raqamli tizimlar universiteti
  • Kiberxavfsizlik universiteti

 

Oʻzbekcha nomni-ku topsa boʻladi, lekin xohishni-chi?

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.