Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi

Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi

Windows’da oʻzbek lotin alifbosi uchun klaviatura yoʻq deyish mumkin. Aslida bor, lekin u shunchaki ingliz klaviaturasining nusxasi, xolos.

Hozirgi oʻzbek lotin alifbosi yetarlicha nuqsonli, shu sababli ham ommalashib ketmadi. Ommalashish uchun alifbo jonivor qulay boʻlishi, til tabiatini imkon qadar aks ettirishi kerak. Bitta tovushni ifoda etish uchun ikkita belgi bosilsa, bunday harflar bitta emas, beshta boʻlsa (ng ham hisob), uning ustiga tilda koʻp uchrasa, bunday alifbo kirishimli boʻlolmasligi aniq.

Lekin vaqtinchalik yechimdan foydalanib turamiz.

Geek Suhbat kanali muallifi Windows uchun oʻzbek lotin klaviaturasi ishlab chiqqan. Bir sinab koʻring, sizga ham maʼqul kelsa kerak.

 

Afzalliklari nimada?

va harflarining belgilari oʻzbekchaga mos. Yaʼni inglizcha birtirnoq emas. Garchi shaklan bir xil boʻlsa-da, kompyuter, gugl qidiruv tizimi ularni farqlaydi. Inglizcha birtirnoq harflarni ajaratib qoʻyadi, chunki u soʻz ichida qoʻllashga moʻljallanmagan. U qoʻshtirnoqning bir turi:

 

#O‘zbekiston (chap bir tirnoq)

#ma’no (oʻng bir tirnoq)

 

Bu klaviaturada ishlatilgan okina (Modifier Letter Turned Comma) va uning jufti (Modifier Letter Apostrophe) esa soʻzni boʻlmaydi:

 

#Oʻzbekiston (okina)

#maʼno (okinaning jufti)

 

(Sinash uchun misol keltirilgan ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki MARTA bosib koʻring.)

 

Bundan tashqari, tugmalar oʻng Alt va Shift + Alt bilan birga bosilganda chiqadigan qoʻshimcha belgilar ham ishingizni ancha osonlashtiradi.

 

Qanday oʻrnatish va foydalanish Readme.txt faylida tushuntirilgan.

Qaysi belgi qayerda joylashgani layout_images degan jilddagi skrinshotlarda izohlangan.

 

Alifbo isloh boʻlguncha, shuni ishlatib turish mumkin.

 

Darvoqe, klaviaturani oʻzbekchada nima deb atash mumkin? Fikringizni izohlarda qoldiring.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube