Xiyla va hiyla
Talaffuzda h va x tovushlarini koʻp oʻrinda farqlamaymiz. Jumladan, shu ikki soʻzda ham. Bu esa imloga ham koʻchib oʻtadi va soʻzlarni bir-birining oʻrnida yanglish ishlatib yuboramiz. Aslida xiyla va hiyla maʼno jihatidan keskin farqlanadi.
Xiyla soʻzi maʼlum darajada, birmuncha, ancha; birmuncha fursat, ancha vaqt maʼnolarini anglatadi: xiyla yosh, xiyla yaxshilandi, xiyla kutib qoldik, xiyladan keyin keldi.
Hiyla soʻzi esa aldash uchun ishlatilgan yoʻl; aldovchi, chalgʻituvchi ish, tadbir, xatti-harakat; nayrang, firib maʼnolariga ega: hiyla ishlatdi, hiyla bilan qochdi.
📌 Demak:
Xiyla tajribasiz ekansiz, xiyla vaqt kutdi, xiylagina katta hovli ✅
Hiyla tajribasiz ekansiz, hiyla vaqt kutdi, hiylagina katta hovli ❌
Hiyla qildi, hiyla ishlatdi, urushda hiylalardan ham foydalaniladi ✅
Xiyla qildi, xiyla ishlatdi, urushda xiylalardan ham foydalaniladi ❌