Xufya va xufiya: farqi nimada?

Xufya va xufiya: farqi nimada?

Ikkovi ham arabchadan kirgan. Shakli yaqin boʻlsa-da, maʼnolarida farq bor. Ana shu farqni bilmaslik ularni xato qoʻllashga sabab boʻladi.

Xufya soʻzi aygʻoqchi, izquvar degan maʼnoni anglatadi. Tarixda xuddi shunday ish bilan shugʻullanuvchilar boʻlgan:

 

Qulingiz Samarqanddagi xufyalardan kelgan bir xabarni amirzodamga koʻrsatishdan tortingan edi.

P. Qodirov, “Yulduzli tunlar”.

 

Xufiya esa ikki xil maʼnoga ega:

1️⃣ Boshqalarga bildirilmaydigan, sir tutiladigan; yashirin, maxfiy: xufiya topshiriq, xufiya gap.

2️⃣ Bildirmasdan buzuqilik qiluvchi; yashirin ravishda fohishalik qiluvchi. Lekin bu maʼnoda qoʻllash hozir eskirib ulgurgan: xufiyalik qilmoq, satang xufiyalar.

 

📌 Demak:

Xufiya ish, xufiya maʼlumot, xufyaning maʼlumoti, xufiyona ✅

Xufya ish, xufya maʼlumot, xufyona ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube