Yangidan va yangitdan
Yangidan soʻzi qaytadan, qayta boshdan, boshqatdan kabi maʼnolarni anglatadi:
Maqolani yangidan tahrir qilish kerak.
Yangidan soʻzlashuv tilida yangitdan shaklida ham ishlatiladi. Bu shakl lugʻatlarga kiritilgan va uni ishlatish xato emas:
Ish yangitdan boshlandi.
📌 Demak:
Yangidan, yangitdan ✅