Yashil iqtisodiyot: qoʻshtirnoq kerakmi yoki yoʻq?

Yashil iqtisodiyot: qoʻshtirnoq kerakmi yoki yoʻq?

Atrof-muhitga imkon qadar kam zarar yetkazadigan, ekologik muammolarning oldini olishga qaratilgan sohalar yashil soʻzi bilan taʼriflanadi. XX asrning oxirlarida yuzaga kelgan ana shunday yoʻnalishlardan biri – yashil iqtisodiyot.

Yashil iqtisodiyot, yashil moliya, yashil biznes, yashil energiya kabi birikmalarda yashil soʻzi alohida taʼkid talab qilmaydi yoki koʻpchilik bilmaydigan, oʻquvchi eʼtiborini maxsus qaratish zarur boʻlgan soʻz emas. Shu bois uni yoki butun birikmani qoʻshtirnoqqa olishga hojat yoʻq. Tinish belgisini oʻrinsiz ishlatish esa xatodir.

 

📌 Demak:

2025 yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili ❌

2025 yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili ❌

 

2025 yil – Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili ✅

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.