“Respublika” soʻzi doim bosh harfda yoziladimi?

“Respublika” soʻzi doim bosh harfda yoziladimi?

Respublika soʻzi atoqli ot emas, jumla ichida kichik harfda yozilishi kerak. Lekin bosh harfda yoziladigan oʻrinlar bor:

1️⃣ Davlatlar, muxtor oʻlkalarning rasmiy nomlarida bosh harf bilan yoziladi:

Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Indoneziya Respublikasi, Dogʻiston Respublikasi.

 

2️⃣ Tashkilotlar nomi va boshqa tarkibli nomlarning birinchi soʻzi boʻlib kelsa:

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika taʼlim markazi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Y. X. Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

 

🟢 Boshqa holatlarda bu soʻz kichik harf bilan beriladi:

Markaziy Osiyo respublikalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi, Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi respublika kengashi, “Bolalar kitobi” respublika festivali, “Yosh kitobxon” respublika tanlovi, “Zakovat” turnirining respublika bosqichi, respublika rahbari, respublika tashkilotlari, respublika miqyosidagi tadbir.

 

❗️ Tarixiy davrlar ifodalanganda ham respublika soʻzi kichik harfda boʻladi:

Rim respublikasi (mil.ol. 509–27), Toʻrtinchi fransuz respublikasi (1946–1958).

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.