“Yoxud” nima degani?

“Yoxud” nima degani?

Yoxud yoki, yo maʼnosini anglatadi, asosan kitobiy tilda qoʻllanadi. U koʻpincha yohud shaklida xato yoziladi. Bu soʻzda x harfi bor, h emas:

 

Bir-ikki sheʼr yoxud bir drama asar yozib, adabiyotning butun masalasini tushunaman, deb daʼvo qiluvchi kishilar ham yoʻq emasdi.

N. Safarov, “Olovli izlar”.

 

Bir paytlar yoxud soʻzi bilan sarlavhalar tuzish urf boʻlgan: “Falon-piston yoxud pismadon haqida”, “Falon-piston yoxud pismadonning sarguzashtlari”, “Falon-piston yoxud nimaga pismadon masala hali-hanuz eʼtiborsiz qolyapti”. Bunday usul hozir eskirdi. Men bunday sarlavha qoʻyishni tahrir nuqtai nazaridan maʼqullamayman. Agar yoxud soʻzidan keyingi jumla muhim boʻlsa, birdaniga oʻsha gapni sarlavhaga olib chiqish kerak. Agar u qadar muhim boʻlmasa, uni sarlavhaga olib chiqishga hojat yoʻq.

 

📌  Demak:

Yoxud

Yohud ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube