Yozuvchi gapirishi emas, yozishi kerak!

Yozuvchi gapirishi emas, yozishi kerak!

Adabiyoti boʻlmagan, adabiyotining taraqqiysiga intilmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, oʻydan, fikrdan mahrum qolub, sekin-sekin inqirozga yuz tutadi.

Abdulhamid Choʻlpon

 

Yozuvchi sayoz joyda choʻkadi.

Asqad Muxtor

 

Juda koʻp kitoblar mutolaasida oʻquvchining aqli dam oladi. Sababi oddiy: chunki uni yozishda yozuvchining aqli ham dam olgan[1].

Charlz Kolton

 

Oldingi zamonlarda kitoblarni yozuvchilar yozar, oʻquvchilar oʻqirdi. Hozir oʻquvchilar yozyapti va hech kim oʻqimayapti.

Oskar Uayld

 

Balki chuqur fikrlidir, lekin yozuvchining bir tomonlamaligi uning aqli ham bir tomonlama ekanini koʻrsatadi.

Aleksandr Pushkin

 

Ijodkor asarlarida qalbning holatini ifoda etishi kerak.

Suqrot

 

Yozuvchi boʻlish uchun uchta sabab bor. Birinchisi – sizga pul kerak, ikkinchisi – dunyoga nimadir muhim gap aytmoqchisiz, uchinchisi – uzun qish kechalarida nima qilishni bilmayapsiz.

Kventin Krisp

 

Yozuvchi aytmoqchi boʻlgan soʻzini gapirmasligi kerak, yozishi zarur.

Ernest Heminguey

 

Yozuvchining nuqsonlarini topib tanqid qilish ahmoqlik, hatto vijdonsizlikdir.

Oʻquvchini ijodkorning ayblari emas, yutuqlari qiziqtirishi kerak.

Oldos Haksli

 

Yangi zamonning eng original yozuvchilari bizga yangi narsa bergani uchun emas, narsa-hodisalar haqida goʻyo oldin hech kim soʻzlamaganday qilib gapirganlari uchun originaldir.

Iogann Gyote

 

Hammaga birday maʼqul tushadigan asarni yozishning iloji yoʻq.

Migel de Servantes

 

Tushunarli yozadigan ijodkorning oʻquvchilari boʻladi, tushunarsiz yozadiganlarning esa – sharhlovchilari.

Alber Kamyu

 

Yozuvchiga zavq-ishtiyoq berishi aniq boʻlgan uchta usul bor: 1) birorta kitobini oʻqiganingizni aytasiz; 2) yoki hamma kitobini oʻqiganingizdan soʻzlaysiz; 3) hali chop etilmagan qoʻlyozmasini oʻqigani berib turishini soʻraysiz.

Mark Tven

 

Faqat buyuk narsalar oʻylashga arziydi, yozuvchi oʻz oldiga yuksak maqsadlarni qoʻyishi kerak. Mardona boʻlishi, oʻzining ojiz qurbiyatiga umuman eʼtibor bermasligi zarur.

Aleksandr Blok

 

Haqiqiy yozuvchilar insoniyatning vijdonidir.

Lyudvig Feyerbax

 

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 11-sonida chop etilgan.



[1] Chet el adiblarining fikrlari rus tilidan tarjima qilingan.

 

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube