Yuz yil oldin yasalgan soʻzlar
Tilshunos olim Ernst Begmatov 1920–1930-yillarda yasalgan va isteʼmolga kiritilgan neologizmlar – yangi soʻzlarga quyidagilarni ham misol keltiradi:
Ishchi, yozuvchi, yozuvchilik, adabiyotchi, kolxozchi, bosma, bosmaxona, boʻlim, birlashma, ishsizlik, ishtirokchi, yotoqxona, yillik (godovoy), yoʻllanma (putyovka), nazariyachi.
Eʼtibor bering, bu soʻzlar tilimizda paydo boʻlganiga bor-yoʻgʻi yuz yil boʻlgan xolos. Agar bu tushunchalarga oʻsha paytda ot qoʻyilmaganida, hozir oʻrnida ajnabiy bir soʻzni ishlatayotgan boʻlishimiz ham mumkin edi.