Zamzama nima?

Hech soʻz ishlatmay qoʻshiq aytganmisiz? Odatda gʻoʻngʻillab, burun bilan aytiladi. Yo soʻz oʻrniga tushunarsiz, lekin ohangli tovushlar ishlatib kuylash mumkin. Ana shu zamzama boʻladi.
Zamzama sekin, past ovoz bilan kuylangan qoʻshiqni va xirgoyini ham anglatadi. Koʻchma maʼnoda esa imo-ishora, shama, gʻoʻngʻillab gapirish mazmunida qoʻllanadi.

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, adabiy-tahliliy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.