Minglar ichra

0
1190
marta koʻrilgan.

Rasul HAMZATOV

 

Minglar ichra emasman aʼlo,

Ammo meni uchratganing chogʻ

Oʻyladingki, bu olam aro

Hammasidan menman yaxshiroq.

 

Minglar ichra emasman rasvo,

Ammo endi bir aybim sabab

Gʻazabdasan. Nazdingda goʻyo

Men eng yomon, men eng beadab.

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

Ruscha tarjimada oʻqish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.