“Ulkan bir kitobga oʻxshaydi dunyo…”

“Ulkan bir kitobga oʻxshaydi dunyo…”

Rasul HAMZATOV

 

Ulkan bir kitobga oʻxshaydi dunyo,

Unga qadam qoʻygan har bitta odam

Yozmogʻi kerakdir dildan, beriyo

Hamma-hammasini qadam-baqadam.

 

Bu dunyo misoli katta bir oʻchoq:

Ajdodlari kabi har bitta erkak

Unga oʻtin qalab ozroq yo koʻproq,

Yonib turgan oʻtni asrashi kerak.

 

Qoʻlimda qattiqroq siqilar qalam,

Yuragimga esa umid toʻladi:

Hayot kitobida bitta boʻlsa ham

Halol va samimiy satrim qoladi.

 

Oy – chirogʻi yoniq dunyoga faqat

Yogʻilsin mehr va muhabbat nuri.

Bu koʻhna oʻchoqqa qoʻshsin harorat

Mening bitiklarim – qalbimning qoʻri.

 

Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi

Ruscha tarjimani oʻqish

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.