Qomus nima degani?

1
9411
marta koʻrilgan.

Qomus arabchadan olingan boʻlib, asliyatda okean; lugʻat; soʻz boyligi kabi maʼnolarni anglatadi. Izohli lugʻatga koʻra, oʻzbek tilida uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1 Mukammal, toʻliq lugʻat.

Sham­siddin Somiyning «Qomusi turkiy» lugʻati.

 

2 ayn. Ensiklopediya; ensiklopedik lugʻat.

 

3 koʻchma Hayotning yoki bilimning bi­ror sohasiga oid toʻliq asar; majmua.

 

Ogʻzaki xalq ijodining qomusi. 

 

Ey uzoq oʻlka­­dan kelgan paxtakor,

Soʻzlaring xazina, paxta qomusi.

Gʻ. Gʻulom.

 

Demak, konstitutsiyaga nisbatan bosh qomus soʻzini ishlatish unchalik toʻgʻri emas. Soʻzning uchinchi, koʻchma maʼnosi biroz mos kelishi mumkin. Lekin konstitutsiyada biror sohaga oid toʻliq qonun-qoidalar aks etmaydi. Koʻpincha asosiy tartib-tamoyillar belgilab beriladi.

Biroq bu ibora tilga kirib ulgurdi. Garchi u ensiklopediya, toʻliq asar mazmunida boʻlsa-da, bugun bosh qomus soʻzini eshitgan kishi konstitutsiya haqida gap ketayotganini tushunadi.  Balki, u bilan birga bosh tuzuk yoki tuzuk iborasini ham qoʻllash kerakdir? Amir Temur tuzuklarida tartib-qoidalar, yoʻnalishlar, koʻrsatmalar berilgan. Shu jihatdan, u konstitutsiya atamasiga uygʻun keladi.

Yasoq soʻzi ham qonunlar majmui, qonun maʼnolariga ega. Lekin uning jazo maʼnosi ham bor. Shu sababli uni qoʻllamagan maʼqul.

Xoʻsh, konstitutsiyaga maʼnodosh sifatida yana qaysi soʻzlarni qoʻllash mumkin deb oʻylaysiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

 

Orif Tolib

1 mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.