Xoʻja va xoja

2
1537
marta koʻrilgan.

Bu ikki soʻz forscha xoja soʻzidan. Asliyatda obroʻ-eʼ­ti­borli kishi; xoʻjayin; savdogar; mu­rabbiy kabi maʼnolarni anglatadi.

Tilimizda xoʻja va xoja maʼnodosh holatda ham, farqli maʼnolarda ham qoʻllanadi.

 

Xoja soʻzi ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

1️⃣ Kitobiy uslubda xoʻja, xoʻjayin maʼnosida qoʻllangan. Lekin hozir bu maʼnoda ishlatish eskirgan.

 

Gurganj ami­ri­­dek zolim yurtimizga xoja boʻlsa, holimiz­ga voy!

M. Osim, Jayhun ustida bulutlar.

 

2️⃣ Tasavvufda tariqat mashoyixlariga be­riladigan unvonlardan biri. Masalan: Xoja Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy.

 

Xoʻja soʻzi esa:

1️⃣ Biror kimsaning yoki nar­saning egasi; xoʻjayin. Bu maʼnoda qoʻllash hozir eskirgan.

 

Toʻgʻonbek har kun xoʻjasining zotli otlaridan birini minib, Hirotda gasht qilib yuradi.

Oybek, Navoiy.

 

2️⃣ Oʻzlarini choryorlarning avlod­lari deb hisoblovchi musulmonlarning faxriy nomi.

 

3️⃣ Oʻrta Osiyoda ilgari maʼlum imti­yozga ega boʻlgan oqsuyaklar va ularning avlod­lari.

 

4️⃣ Xoʻjazoda erkaklar ismiga qoʻshiladi.

 

Ma­­daminxoʻja tol soyasida oʻtirgan ekan, bu­larni koʻrib, darrov oʻrnidan turdi.

M. Is­moiliy, Fargʻona t. o.

 

Xoʻjayin soʻzining etimologiyasi ham qiziq. Izohli lugʻatga koʻra, xoja soʻzi forschadan rus tiliga xozya shaklida oʻtgach, biror jamoaga mansublikni bildiruvchi -in qoʻshimchasini qabul qilgan. Xozyain soʻzi esa oʻzbekchaga xoʻjayin boʻlib oʻtgan.

Biroq rus olimlari boshqa fikrda. Masalan, mashhur Fasmer lugʻatiga koʻra, xoʻjayin soʻzidagi xoja rus tiliga turkiy tillardan oʻtgan. Qadimgi rus tilida xoʻjayin maʼnosidagi xodja soʻzi ham ishlatilgan.

 

Orif Tolib

2 Mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.