Rasul Hamzatov. Ezgulikdan soʻylar mening sheʼrlarim

0
5573
marta koʻrilgan.

Ikkinchi kursni tugatgan paytim, ruschani endi tatalab oʻqiy boshlagan chogʻlarim maqolalar tarjima qilishga kirishdim. Rus tili grammatikasini yaxshi bilmaganim sababli baʼzan jumladagi hamma soʻzlarning maʼnosi aniq boʻlsa ham, gapning mazmunini chiqarolmay xunob boʻlardim.

 Ana shunday kunlarning birida internetdan maqola qidirayotib, Rasul Hamzatovning rasmiy saytiga duch kelib qoldim. Sheʼrlar, maqolalar, suhbatlarni koʻchirib oldim. Hammasini bir-bir tarjima qilaman deb koʻnglimga tugib qoʻydim. Buyuk shoirning “Dogʻiston haqiqati” gazetasi muxbiri bilan qilgan suhbatini bir oqshom oʻgirishni boshlab erta tongga yaqin tugatdim. Shu suhbat keyinchalik vodiydagi “Ovoza” gazetasida bosilib chiqdi. Biroq bu suyukli shoir ijodidan tarjimalar qilish uzoq vaqtga orqaga surilib ketdi. Ikki yilcha oldin adibning “Dogʻistonim mening” kitobini ruschada oʻqib chiqdim. Mutolaadan soʻng shoir ijodiga, shaxsiga boʻlgan hurmatim yanada ortib ketdi. Shu yil bahorda esa  “Yillar marjoni” (“Chetki let”) kitobidan birqancha sheʼrlarni oʻzbekchalashtirdim. Mardona, samimiy bu sheʼriyat meni tamoman oʻziga asir etib oldi.

Bugun oʻsha talabalik yillaridagi tarjimani qayta koʻrib, xatolarini tuzatib, ayrim oʻrinlarini toʻldirib eʼtiboringizga havola etarkanman, bu buyuk qalbli shoir haqqiga duolar qilaman, unga Yaratgandan rahmat soʻrayman.

Orif Tolib


 

Har bir davlat, har bir respublika, viloyat yoki shahar oʻz timsoliga ega. Buni hamma biladi. Lekin shaxs-timsollar ham borligini koʻpchilik bilavermaydi. Bunday kishilar u yoki bu hududning tabiati, xarakteri, madaniyatiga qiyos boʻladi, oʻsha hududdagi xalqning ruhiyati, mohiyatini namoyon etadi. Rasul Hamzatov – Dogʻiston timsoli.

Oʻn yilcha oldin Dogʻiston oʻzi qanaqaligini, umuman qayerda joylashganini birovga tushuntirish qiyin edi. Lekin Rasul Hamzatov nomi tilga olinishi bilanoq, “O, Dogʻiston..” deb hayqirib yuborishardi. Bu nom, bu zot togʻli oʻlkaning nomini, millatining ruhi va tafakkur tarzi qandayligini butun mamlakatga, Yevropa, Amerika, Osiyoga namoyish qildi.

Shoirning sheʼrlari oʻzini, yurtini – hech qachon bir-biriga nisbatan dushmanlik hissini tuymagan elatlar yashaydigan vatanini koʻklarga koʻtardi.

Shoirning yetti iqlimga taralgan ovozi samo farzandlari – togʻliklarga xos joʻshqinligi va hassosligi bilan tinglovchilar koʻnglini zabt etdi, oʻziga maftun qilib qoʻydi.

«Rossiyada undan zoʻr shoir yoʻq», deya taʼkidlagandi Yevgeniy Yevtushenko. Bu mardona eʼtirof Rasul Hamzatov bilan yana bir bor ochiq muloqot qilishimga turtki berdi. Baxtimga, buyuk shoir taklifimni rad etmadi.

 

– Rasul Hamzatovich, soxta kamtarlikni bir chekkaga yigʻishtirib turamiz, toʻgʻrisini ayting: sizni avliyo sanaylikmi yoki adabiyotning otasi deylikmi?

– Unisiyam emas, bunisiyam.  Oʻzimni hatto oʻqituvchi deb ham sanamayman. Baʼzida soddadil, yaxshi odamlar biz – shoirlarni shunday deb koʻkka koʻtaradi. Lekin biz oʻzimizni boshqalardan yaxshiroq bilamiz-ku. Mayakovskiy oʻz davrida shoirlarga “xalqning xizmatchilari, haydovchilari” deb taʼrif bergandi. U haqmi yo nohaq – bilmayman.

Shoirlar – oʻquvchi, ularning ustozlari esa tabiat, asrlar tajribasi va davrning genialligidir.

– Lekin sizni sheʼriyatning otasi deb atash yoki sanash mumkinmi?

– Bu ibora nima degani – bilmadim. Agar yosh nazarda tutilsa, mendan kattalar bor. Agar ishning qiymati nazarda tutilsa, bu borada osmondagi oyni oldim, deb hisoblamayman.

– Sheʼrlaringiz orqali qanday taʼlimotni yoydingiz? Chin sheʼriyatni ibodat deb ham qabul qilish mumkin-ku.

– Sheʼriyat ibodat emas. Toat takrorlash bilan toʻkis boʻladi, sheʼr esa takror sabab buziladi. Yoʻq, sheʼriyat sigʻinish emas, lekin sheʼrda yukunch, oʻtinch boʻlishi kerak. Chunki shoir ijod jarayonida oxirgi marta yozayotgandek va birinchi marta sevayotgandek boʻladi.

Men Hajga borganman, Kaʼbada boʻlganman, u yerda ibodat qilganman, hatto oʻshanda ham koʻnglimdan sheʼrlarni quvib chiqara olmaganman: ularni ibodatga qoʻshib pichirlaganman.

– Sizni yetti iqlim tanigan, juda mashhur boʻlgansiz. Bugun-chi?

– Men mashhurlikdan qoʻrqaman. Shuhratga erishish sharafga erishish degani emas. Otam va buyuk Mahmud[1]ni jahon tanimagan, lekin ularni xalq yaxshi koʻradi, sevib oʻqiydi.

Mashhurlikni davr yaratyapti. Bugun televizion mashhurlik ham paydo boʻlgan… Men bu mashhurlikdan qoʻrqaman. Va oʻz ijodimga shubha bilan qarayman.

Adabiyot tarixi juda koʻp ibratli misollarga guvoh. Oʻz davrida urra-urra boʻlgan proletar shoirlarini bugun kim biladi? Yoki Bestujevni olaylik, oʻz davrida qanday shuhrat topgandi u? Hozir-chi? Undan nima qoldi?

Oʻsha paytlarda Pasternak, Svetayeva, Bulgakov mashhur boʻlganmidi? Pasternak “Taniqli boʻlish yoqimsiz” deb yozgandi…

Yaxshi eʼtiroflar ham shoir qilmaydi odamni. Isteʼdod, haqiqat, goʻzallik tarbiyalaydi shoirni.

– Sizning asarlaringizda dard koʻp, men bu dardni his qilib, sezib turaman. Ularning yuzaga chiqishiga nima turtki bergan, qayerdan paydo boʻlgan ular?

– Ishonganlarimdan koʻnglim koʻp qolgan. Oʻzimni aldashlariga yoʻl qoʻyib berganman. Yaqinlarim va qadrdonlarimning ayriligʻi yuragimga yuk boʻlib tushgan. Ishonganingdan ayrilish, doʻstlaringni yoʻqotish koʻngilni ogʻir yaralaydi.

Lekin qaygʻu va musibat damlarida Yer yuzida isteʼdodli odamlar kamayib ketmaganini, xalqimiz zaxirasida juda koʻp ezgulik, sofdillik va oliyjanob tuygʻular borligini oʻylab taskin topganman.

– Rasul Hamzatovich, siz quvnoq odamsiz, lekin birdaniga ogʻrib qoldingiz. Nahotki xushchaqchaqlik pardasi ortida Siz bilan birga hamisha dard yashab kelgan boʻlsa?

– Men oʻzimni xushchaqchaq odam sanamayman. Kim hamisha vaqti chogʻ – shunchaki ahmoq, degandi shoir. Lekin… odam suhbatdoshiga shodlik ulashishi kerak, gʻam-gʻussa emas.

Hozir mening oʻn tomligim avar tilida tayyorlanyapti. Dard, sevgining tomir urishi sezilib turgan sheʼrlar oʻn tomlik nashrga kiritildi, gʻazabli kunlarda yozilgan yoki hissiy zalvori yetishmaganlarini olib qoʻydik. Baxtimga, menda bundaylari kam.

– Biz boshqa dunyodan, ruhlar dunyosidan judayam qoʻrqamiz. U haqida oʻylashdan choʻchiymiz. Sizning bugungi sheʼrlaringizda esa, xuddi ana shu dunyo bor. Fikrimcha (sheʼrlaringizni oʻqigach, shunday xulosaga keldim), Siz u biz bilan yonma-yon yashashini va undan umuman qoʻrqmaslik kerakligini hamisha bilgansiz.

– Inson tugʻilganidayoq hayotdan qoʻrqadi. Oʻlim yaqinlashganda esa, oʻlimdan. Men u dunyodan qoʻrqmayman. Koʻp narsalarni aytolmay qoldim deb qoʻrqaman. Madorim qurigan. Oʻy, fikr koʻp, lekin u dunyodan telegrammalar kelyapti, telefon qoʻngʻiroqlari jiringlayapti: yoʻqlashyapti…

Baxtli onlar uzoqlarda qoldi…

Yana bir narsani aytishni istayman, har qanday baxt evaz talab qiladi. Men uni “evaz” emas, “jazo” deb atagan boʻlardim. Ana shu jazo onlari yaqin qolyapti. Va men uni mandona qabul qilaman.

Lekin koʻp narsalar oxiriga yetmay qolayotganidan juda afsusdaman. «Dogʻistonim mening» tugallanmay qolyapti – bugun hatto u menikimi yo boshqanikiliginiyam ajratolmayman. Marshakka vaʼda bergan asarim – «Dingir Dangarchu» dostoni oxiriga yetmagan… Mahmud va Maryamning buyuk muhabbati haqidagi dostonga soʻnggi nuqta qoʻyilmagan.

– Buyuk fors shoirlari Umar Xayyom, Firdavsiy, Jomiy kabilar narigi dunyodan qoʻrqmagan, aksincha tarannum etgan… Antik adabiyot-chi? Dante?

– Bizning davrimizda Tvardovskiy «Tyorkin narigi dunyoda» degan dostonini yozdi, Bulgakov bu mavzuga nasrda qoʻl urdi. Bizning sovet adabiyotimiz ateizm – xudosizlik ruhida tarbiyalangan edi. Ha, mening ham voqealar narigi dunyoda roʻy beradigan «Odamlar va ruhlar» degan dostonim bor. Bir paytlar Tvardovskiy menga taʼna-gina qilgan edi, goʻyo men uning fikrlarini oʻgʻirlagan emishman. Oʻshanda men bu motivlar ungacha boshqalar ijodida eskidan bor boʻlganini aytganman.

– Odam shu dunyoda mutloq baxtli boʻlishi uchun unga nimalar kerak? Siz buning sirini bilasizmi?

– Baxt mutloq yoki yarim-yorti boʻlmaydi. Ochiqchasiga aytadigan boʻlsam, hozir baxtning oʻzi yoʻq. Hozir boylar ham yigʻlayapti. Nimaga? Chunki baxt xavfli boʻlib qoldi.

Shaxsan men mutloq baxtga erishmaganman va unga yetishgan odamni ham bilmayman. Mutloq baxt uchun kimlargadir sogʻliq, boshqalarga pul, uchinchi kishiga esa vaqt kamlik qiladi, koʻpchilikka esa hammasi yetishmaydi.

Hozir baxtsizlikdan qanday qutilib qolishni oʻylash kerak.

Yana bir gap: bugun baxtning orqasidan quvish yoki ruhlar dunyosidan qoʻrqib oʻtirish kerak emas, isnoddan qoʻrqish kerak. Isnodga qolish esa uchrab turibdi.

– Oʻn yil oldin mafkuramiz bor edi, butun mamlakat, hayotimiz mafkuralashtirilgan edi. Bugun u yoʻq. Lekin bosh qotirib yotibmiz – bizga mafkura kerakmi-yoʻqmi deb. Ayting-chi, sizning mafkurangiz bormi?

– Mafkura hamisha boʻlgan va u hozir ham bor. Erkinlik esa hech qachon boʻlmagan, hozir ham yoʻq. Bitta sinfni yuqori koʻtaradigan, bitta partiyaga hammaning ustidan hukmronlik qilishga, bitta idoraga hammani boshqarishga imkon yaratadigan mafkura insonni siqib-cheklab qoʻyadi.

Men ikkita partiya tuzgan boʻlardim – yaxshi odamlar va yomon odamlar partiyasi. Yaʼni, yomon odamlar yaxshi boʻlsin, yaxshilari yanada yaxshilansin.

Har bir davrning yaxshi-yomon tomonlari bor…

… Mening mafkuram – yagona oila hissi, birodarlik hissi.

Men koʻpinchi oʻzim bilan oʻzim mulohaza yuritaman: biz Konstitutsiyaga qoʻl qoʻyib qasamyod qilamiz. Qurʼonga yoki Bibliyaga emas. Konstitutsiya doimiy oʻzgarishda, muqaddas kitoblar esa asrlardan beri yashab kelyapti. Qurʼonni tabiatga qiyoslaydigan boʻlsak, Konstitutsiya ob-havoga oʻxshaydi.

– Rasul Hamzatovich, baxtli kunlarda ham, qaygʻuli kunlarda ham atrofingizda doʻstlaringiz boʻladi. Ular kundalik hayotingizda ham bormi?

– Birlarini Oliy Kengash, boshqalarini kabinetlar, uchinchilarini ayollar tortib oldi. Halovatsiz hayot ularni adoyi tamom qilyapti. Nimayam qila olardim, ularni kechirish kerak.

«Na til, na millat; na tan, na qon rangi, bizni faqat yurak doʻstlashtiradi», degandi Shekspir. Men otamning doʻstlarini bilaman: taqdirlarida qanday burilish roʻy berishidan qatʼi nazar ayrilib ketmaganlar, doʻst boʻlib qolishgan. Va yuzlab misollarni bilaman, doʻstlik rishtalari uzilgach, qadrdon birodarlar ashaddiy dushmanga aylanib ketgan.

– Sizni yaxshi koʻrganlarga va sizga hasad qilganlarga nima degan boʻlardingiz?

– Dushmanlarim umuman yoʻq. Men nimagadir yo kimgadir dushman boʻlishim mumkin: meni koʻplar oʻziga dushman deb hisobladi.

Menga hasad qiladiganlar, albatta, bor, lekin menda hasad qiladigan narsaning oʻzi yoʻq. Hasadchilarga achinaman – ular kasal odamlar. Axir hasad – oʻta ogʻir kasallik.

Meni sevganlarga, bahoyimni oshirib yubormang, deyman. Qanday nuqsonlarim borligini koʻpchilik bilmaydi. Meni taʼriflaganlariday yaxshi emasman, hasadchilar aytganday yomon ham emasman. Paytida ularning daʼvolariga ham quloq osganman. Mening hayotim jangi jadal emas, sevgi. Sheʼrlarim qahru gʻazabdan emas, ezgulikdan soʻylaydi.

– Hayotning oʻtkinchiligi haqida koʻp gapirilgan. Hayot shirin roʻyomi?

– Shunchaki ajablanarli: hamma uni haqoratlaydi, bir tiyinga arzimasligini aytadi. Lekin oʻsha haqoratlagan odam hayotni yanada koʻproq yaxshi koʻradi.

Hayot eri bevafoligi uchun haqoratlaydigan va shu bilan birga usiz yashay olmaydigan hurliqoga – ayolga oʻxshaydi. Mana, u qanday roʻyo.

– Yuzga kirmoqchimisiz? Deylik, Buyuk Britaniyaning qirolicha-onasi Yelizaveta I ga oʻxshab?

– Miyam bilan yuragim oʻrtasida ixtilof kelib chiqqan. Miya – qirol, aqlli qarorlar chiqaryapti, yurak – shahzoda esa ularni eshitmayapti. Qatʼiy, doimiy kurash kertyapti.

Albatta yashashni istayman, chunki Yer yuzida hali koʻplab toʻgʻrilanishi kerak boʻlgan ishlar, qilinmagan ibodatlar qolgan. Va shu bilan birga, yuz yosh – devorning turtugʻiday gap. Ortiqcha tashvish boʻlishni istamayman. Buning ustiga, yuz yoshli odamdan ayrilish – unchalik fojia emas.

– Rasul Hamzatovich, tugʻilgan kuningizda sizga uzoq va xayrli umr – ijodiy umr tilayman.

(Uning oppoq soqol qoplagan yuzida bolararga xos begʻubor tabassum aks etdi.) Rahmat, azizim.

 

Feliks Baxshiyev suhbatlashdi.

«Dagestanskaya pravda» gazetasi, 2000 yil 8 sentyabr (№175)
 

 


Rus tilidan Orif Tolib tarjimasi.

“Ovoza” gazetasining 2007 yil 17 may (№20) sonida chop etilgan.


 

 

***

Rasul Gamzatov. «Kogda ya pishu stixi, ix diktuyet dobrota»

Intervyu dannoye nakanune 76-letiya.

U kajdogo gosudarstva, kajdoy respubliki, oblasti, goroda yest svoya simvolika, svoya geraldika. Eto znayut vse. No ne vse znayut, chto sushʼestvuyut yeshʼe i lyudi-simvoliʼ. Lyudi, po kotoriʼm opredelyayut prirodu, xarakter, kulturu togo ili inogo regiona, dux naselyayushʼego yego naroda, sut yego.

Rasul Gamzatov – simvol Dagestana.

Desyatki let nazad malo kto znal, chto iz sebya predstavlyaet Dagestan, i gde on voobshʼe priyutilsya. No stoilo tolko proiznesti imya Rasula Gamzatova, kak tut je sliʼshalos vosklitsaniye: «O, Dagestan…» Eto imya, etot chelovek raznosil po strane, po Yevrope, Amerike, Azii imya gornoy respubliki, dux i miʼsli yee narodov.

Stixi poeta, vosslaviv yego samogo, vosslavili stranu, naselennuyu bratskimi etnosami, ne pitavshimi drug k drugu nikogda ni chuvstva vrajdiʼ, ni chuvstva zavisti.
Golos poeta, zvuchavshiy na vsex kontinentax planetiʼ, pokoryal i plenyal slushateley emotsionalnostyu i plamennostyu gorsa, – rojdennogo v podnebesye.

«Poet v Rossii bolshe, chem poet» – zayavil Yevgeniy Yevtushenko. Eto smeloye zayavleniye i pridalo mne smelost viʼzvat Rasula Gamzatovicha na ocherednoy otkrovenniʼy razgovor, ot kotorogo on, k moyemu udovletvoreniyu, ne otkazalsya.

– Rasul Gamzatovich, otlojim v storonu lojnuyu skromnost, priznaytes: Viʼ prorok ili patriarx?

– Ni tot, ni drugoy. Daje uchitelem ne schitayu sebya. Eto inogda dobriʼe lyudi nas, poetov, takoviʼmi schitayut. No miʼ-to sebya luchshe znayem, chem drugiye.

Mayakovskiy v svoye vremya skazal o poetax tak: naroda sluga i naroda voditeli. Ne znayu, prav on ili net.

Poetiʼ – eto ucheniki, a ix uchitelya – priroda, opiʼt vekov i genialnost vremen.

– No Vas mojno naziʼvat ili schitat patriarxom poezii?

– Ne znayu, chto eto takoye. Yesli imeetsya v vidu vozrast, yest i starshe menya. Yesli imeetsya v vidu sennost rabotiʼ – ne schitayu, chto ya v etom dele v nebe zvezdiʼ poymal.

– Chto Viʼ propovedovali v svoix stixotvoreniyax i poemax? Ved yesli poeziya nastoyashʼaya – mojno schitat, chto ona molitva.

– Stixi – ne molitva. Molitva ot povtoreniya stanovitsya luchshe, a stixi ot povtoreniya portyatsya. Net, poeziya ne molitva, no… molitvennost v ney doljna biʼt, ibo poet pishet slovno v posledniy raz i vlyublyaetsya slovno v perviʼy raz.

Ya biʼl v Kaabe, molilsya tam, i daje vo vremya molitviʼ ne mog viʼtesnit iz svoyey dushi stixi: sheptal ix s molitvoy.

– Vas znali na vsex kontinentax, Viʼ biʼli ochen populyarniʼ. A segodnya?

– Ya boyus togo, chto stal populyarniʼm. Populyarnost – ne slava. Moyego otsa i velikogo Maxmuda mir ne znal, a ix lyubit i chitayet narod.

Eto vremya sozdayet populyarnost. A segodnya poyavilas yeshʼe televizionnaya populyarnost… Ya boyus etoy populyarnosti. I beru pod somneniye svoye tvorchestvo.

Istoriya literaturiʼ znayet mnogo nebeziʼnteresniʼx primerov. Biʼli populyarniʼmi proletarskiye poetiʼ – kto ix segodnya znayet? Ili vzyat Bestujeva – kakoy populyarnostyu on polzovalsya v svoye vremya. A seychas? Chto ot nee ostalos?

I v to je vremya razve biʼli populyarniʼmi Pasternak, Svetayeva, Bulgakov? Pasternak pisal: biʼt znamenitiʼm nekrasivo…

No i slava ne delayet poeta. Poeta delayet talant, pravda, krasota.

– V Vashix proizvedeniyax mnogo boli, ya chuvstvuyu etu bol, osyazayu yee. Chem viʼzvana ona, chem rojdena?

– Tem, chto ya vo mnogom razocharovalsya v tom, vo chto veril. Tem, chto ya dal sebya obmanut. Ya pones bolshiye utratiʼ blizkix i rodniʼx. A utrata veriʼ, poterya druzey tyajeloy bolyu otziʼvayutsya v serdse.

No v chasiʼ gorya, v chas bediʼ ya ubedilsya v drugom – ya ubedilsya, chto ne oskudela nasha zemlya talantliviʼmi lyudmi, chto u nashego naroda v zapase mnogo dobrotiʼ, chistotiʼ, vozviʼshenniʼx chuvstv.

– Rasul Gamzatovich, vsegda jizneradostniʼy chelovek, i vdrug – bol. Neujeli ona vsegda jila v Vas, skriʼtaya pod pokrovom jizneradostnosti?

– Ya ne schitayu sebya jizneradostniʼm chelovekom. Tot, kto postoyanno yasen, tot prosto glup – skazal poet. No… chelovek doljen darit sobesedniku radost, a ne grust.

Seychas izdayut moy desyatitomnik na avarskom yaziʼke. Stixi, v kotoriʼx byetsya puls lyubvi, grusti, viʼderjali desyatki izdaniy, a napisanniʼe na zlobu dnya i lishenniʼe emotsionalnoy nagruzki – zabiʼtiʼ. K moyey radosti, ix u menya malo.

– Miʼ ochen boimsya drugogo mira, mira teney. Boimsya o nem dumat. V Vashix segodnyashnix stixax on prisutstvuyet. Ya dumayu (sudya po Vashim stixam), chto Viʼ vsegda znali, chto on sosedstvuyet s nami, i nechego yego boyatsya.

– Chelovek, uje rojdayas, boitsya jizni. A kak smert blizka – boitsya smerti. Tu storonu mira ya ne boyus. Boyus togo, chto mnogogo ne uspel skazat, povedat. Sil net. Dum, miʼsley mnogo, a iz togo mira mne idut telegrammiʼ, telefonniʼe zvonki: zovut…

Zvezda schastya ostalas daleko…

I vot chto yeshʼe skaju: lyuboye schastye trebuyet platiʼ, ya biʼ skazal – nakazaniya. I ogon nakazaniya blizok. I eto ya vosprinimayu kak doljnoye.

No ochen jal, chto mnogoye ostayetsya nezavershenniʼm. Nezakonchenniʼm ostayetsya «Moy Dagestan» – segodnya ya uje ne znayu, moy li on ili chujoy; nezakonchenniʼm ostayetsya «Dingir Dangarchu» – poema, kotoruyu ya obeshʼal yeshʼe Marshaku; nezakonchennoy ostayetsya poema ob istorii velikoy lyubvi Maxmuda i Maryam.

– Velikiye persidskiye poetiʼ Omar Xayyam, Firdousi, Djami i drugiye ne boyalis yego, mira teney, i daje vospevali… A antichnaya literatura? Dante?

– V nashe vremya Tvardovskiy napisal poemu «Terkin na tom svete», Bulgakov – prozu. Prosto nasha sovetskaya literatura biʼla vospitana v duxe ateizma. Da i u menya yest poema «Lyudi i teni», gde deystviye proisxodit v inom mire. V svoye vremya Tvardovskiy sdelal mne uprek, chto ya vzyal yakobiʼ yego miʼsli. No ya yemu otvetil, chto eti motiviʼ biʼli u drugix zadolgo do nego.

– Chto nujno cheloveku dlya polnogo schastya, poka on v mire lyudey? Viʼ znayete etot sekret?

– Schastya ne biʼvayet polnogo i nepolnogo. I yesli uj otkrovenno – seychas schastya net. Ved niʼne bogatiʼe toje plachut. Pochemu? Potomu chto schastye stalo opasno.

Lichno ya polnogo schastya ne ispiʼtal nikogda i takogo cheloveka ne znayu, kto biʼ yego ispiʼtal. Dlya polnogo schastya odnim zdorovya ne xvatayet, drugim – deneg, tretim – vremeni, a mnogim – vsego etogo nedostayet.

Seychas nado dumat, kak izbejat neschastya.

I vot chto yeshʼe skaju: seychas ne za schastyem nado gnatsya i boyatsya ne drugogo mira, a pozora. A pozor sluchitsya.

– Desyat let nazad miʼ imeli ideologiyu, i vsya strana, i jizn nasha biʼli ideologizirovaniʼ. Segodnya yee net. Seychas lomayut goloviʼ i kopya – nujna li nam ideologiya. Vot u Vas kakaya ideologiya?

– Ideologiya vsegda biʼla, i ona vsegda yest. A vot svobodiʼ nikogda ne biʼlo i seychas yee net. Golodnoy svobodiʼ i nishʼey nezavisimosti ne biʼvayet.

Ideologiya, vozviʼshayushʼaya odin klass, pozvolyayushʼaya odnoy partii pravit vsemi, odnomu apparatu rukovodit vsemi, – takaya ideologiya ushʼemlyaet cheloveka.

Ya biʼ sozdal dve partii – partiyu xoroshix lyudey i ploxix lyudey. I pust ploxiye stanut xoroshimi, a xoroshiye yeshʼe luchshe.

Kajdaya epoxa imeet xoroshuyu i ploxuyu storoniʼ…

…Moya ideologiya – eto chuvstvo yedinoy semi, bratstva.

Ya chasto rassujdayu sam s soboy: miʼ klyanemsya, kladya ruku na Konstitutsiyu, a ne na Koran ili Bibliyu. Mejdu tem Konstitutsiya postoyanno menyaetsya, a Koran i Bibliya jivut veka i tiʼsyacheletiya. Koran – priroda, a Konstitutsiya – pogoda.

– Rasul Gamzatovich, u Vas druzya – i v gore, i v radosti. A v obiʼdennoy jizni yest oni?

– Odnix uvel Verxovniʼy Sovet, drugix – kabinetiʼ, tretix – jeniʼ. Suyeta ix syedayet. Ix mojno prostit.

«Ne yaziʼk i ne natsionalnost, ne plot i ne krov, a serdsa delayut nas druzyami», – tak skazal Shekspir. Ya pomnyu druzey otsa: kakiye biʼ povorotiʼ sudbiʼ ix ne podsteregali, oni ostavalis druzyami. I znayu sotni drugix primerov, kogda razriʼvalis uziʼ drujbiʼ, i mnogiye druzya stanovilis neprimirimiʼmi vragami.

– Chto Viʼ xoteli biʼ skazat tem, kto lyubit Vas, i tem, kto zaviduyet?

– U menya vragov net voobshʼe. Ya sam chey-to ili komu-to vrag: menya vragom schitali mnogiye. Zavistniki u menya, konechno, yest, no zavidovat u menya nechemu. A ya ne zaviduyu zaviduyushʼim mne – oni bolniʼe lyudi. Ved zavist – ochen tyajelaya bolezn.

Tem, kto lyubit menya, skaju: ne pereotsenivayte menya. Ne vse znayut o moix nedostatkax. Ne takoy uj ya xoroshiy, kak obo mne govoryat, no i ne takoy ploxoy, kak govoryat zavistniki. Kstati, k ix pretenziyam ya prislushivayus.

Moya jizn ne borba, a lyubov. Kogda ya pishu stixi, ix diktuyet ne zloba, a dobrota.

– O brennosti jizni nemalo skazano. I vse-taki jizn – sladkaya shtuka?

– Prosto udivitelno: vse rugayut yee, zayavlyaya, chto kopeyki ne stoit jizn. No tot, kto rugayet, yeshʼe bolshe yee lyubit.

Jizn poxoja na krasavitsu – jenshʼinu, kotoruyu muj rugayet za nevernost i v to je vremya bez kotoroy jit ne mojet.
Vot kakaya ona shtuka.

– Viʼ xotite jit do sta let? Nu, kak koroleva-mat Velikobritanii Yelizaveta I ?

– U menya raznoglasiya mejdu golovoy i serdsem. Golova-korol dayet umniʼe sovetiʼ, serdse – prins ne slushayetsya ix. Idet spor, postoyanniʼy, uporniʼy i nastoychiviʼy.

Konechno, xochetsya jit, potomu chto na zemle yeshʼe ostalos mnogo del, kotoriʼe nado ispravlyat, mnogo yeshʼe nesovershenniʼx molitv. I v to je vremya sto let – eto arxitekturnoye izlishestvo. Ne xochu biʼt obuzoy. Da k tomu je stoletnego cheloveka poteryat ne tak jalko.

– Rasul Gamzatovich, v den Vashego rojdeniya ya jelayu Vam yeshʼe dolgix let dobroy jizni. Tvorcheskoy jizni.

– (Litso yego, obramlennoye sedoy borodoy, ozaryaet myagkaya, po-detski teplaya uliʼbka). Spasibo, dorogoy.

Besedoval Feliks BAXSHIYEV

«Dagestanskaya pravda»,
№ 175 (22529) 8 sentyabrya 2000 goda.


[1] Shoirning otasi Hamzat Sadasa va Dogʻiston xalq oqini Mahmud nazarda tutilyapti.

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.