Odatda: vergul kerakmi yoki yoʻq?

0
748
marta koʻrilgan.

Odatda soʻzidan soʻng vergul ishlatilgan holatlar koʻp koʻzga tashlanadi. Aslida bu soʻz vergul talab qilmaydi.

Ushbu soʻz ravish turkumiga oid va odat boʻyicha, odatga koʻra degan maʼnoni anglatadi. Kirish soʻz yoki modal soʻz emas. Ravishlar esa vergul soʻraydigan soʻzlar toifasiga kirmaydi:

 

Odatda kichiklar kattalarga salom beradi.

 

Odatda har qanday hikoyaning ham boshi, oʻrtasi, adogʻi boʻladi.

N. Safarov, Olovli izlar.

 

Bahs ketayotganda odatda baqirgan tomon yutqazadi.

F. Musajonov, Himmat.

 

Oʻrmonjon odatda ish sustroq yoki yomonroq ketayotgan uchastkalarga borar edi.

A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.