Milodiymi yo melodiy?

0
813
marta koʻrilgan.

Milodiy soʻzini melodiy shaklida xato yozish koʻp uchraydi.

Milodiy soʻzining oʻzagi milod arabchadan olingan, asliyatda tugʻilish degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Iso paygʻambarning tugʻilgan kuni.

Miloddan burun. Miloddan keyin.

 

Asalari oilasini birinchi boʻlib miloddan ilgari yashagan yunon faylasufi Arastu tekshirgan.

“Fan va turmush”.

 

2️⃣ Milodiy yil hisobi.

 

Milodning beshinchi asri.

 

Tanga Oʻzganda hijriy 397 yilda, milodning 1006-1007 yillarida zarb etilgan.

“Fan va turmush”.

 

Milodiy soʻzi milod soʻzidan yasalgan sifatdir. U miloddan boshlangan yil hisobini anglatish uchun ishlatiladi:

 

Milodiy yil hisobi. Hijriyni milodiyga aylantirish. Milodiy 1494 yilning yozi.

 

📌 Demak:

Milod, miloddan oldingi, miloddan keyingi, milodiy

Melod, meloddan oldingi, meloddan keyingi, melodiy ❌

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.