Modomiki: vergul kerakmi yoki yoʻq?

0
579
marta koʻrilgan.

Bu soʻz bilan vergul ishlatishda koʻp xato qilinadi. Hatto izohli lugʻatda shu soʻz sharhidagi misollarda ham birida vergul ishlatilgan, birida esa yoʻq. Oʻzi vergul kerakmi? Javob – yoʻq. Bu soʻzga maʼnosi yaqin boʻlgan agar, mabodo yuklamalaridan soʻng vergul qoʻymaymiz. Modomiki ham vergul talab qilmaydigan soʻzlar qatoriga kiradi.

 

Modomiki yuklamasi ergash gaplar boshida kelib, shu gap bildirgan maʼnoni taʼkidlaydi:

 

Modomiki siz rozi ekansiz, mening qarshiligim yoʻq. 

 

Modomiki ahvol shunday ekan, u kishining orzulariga quloq solishimiz kerak boʻladi.

Oybek, Tanlangan asarlar.

 

Modomiki shundoq ekan, qori shundoq qilishga nuchuk jur­­ʼat qildi?

A. Qahhor, Qoʻshchinor chi­roqlari.

 

Bundan keyin gap­larimni uqib oling, modomiki men bilan bir­gasiz, mening odamimsiz, har bir ishni men bilan bahamjihat qiling.

Oybek, Tanlan­gan asarlar.

 

Oxirgi misolda vergul modomiki soʻzi tufayli emas, birdan ortiq kesim qatnashayotgani sababli qoʻyilyapti.

 

Orif Tolib

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.