Quyushqon nima?

Quyushqon nima?

Quyushqon oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:

 

1️⃣ Egar oldinga siljimasligi uchun ot yoki eshakning dumi ostidan aylantirib, egarga biriktiriladigan, koʻpincha turli bezaklar qadaladigan qayish.

 

Otning egar qoshi tilladan, yoliga kumush tangalar, quyushqoniga esa sadaflar taqilgan.

J. Sharipov, Xorazm.

 

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: biror ish, xatti-harakat, muomala va shu kabilardagi meʼyor.

 

Quyushqondan tashqari ish.

 

Endi oʻylab-oʻylab, oʻzining quyushqondan tashqari harakat qilganini seza boshladi.

H. Nazir, Suv gadosi – oqpadar…

 

Quyushqondan chiqmoq iborasi chegaradan, meʼyordan chiqmoq; haddan oshmoq maʼnolarini anglatadi:

 

Yosh rahbarsiz-da, xomroqsiz… quyushqondan chiqqan boshliq odamlarga yoqavermaydi.

S. Siyoyev, Otliq ayol.

 

Kuldiraman, deb quyushqondan chiqib, meʼyordan oshib ketayotgan aktyorlarning ijrosidan ranjimay ilojingiz yoʻq.

Gazetadan.

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.