Agar va agarda

Agar va agarda

Agar gapning mazmun-mohiyati, ifoda quvvatiga taʼsir etmasa, ortiqcha soʻz va qoʻshimchalardan voz kechish kerak. Agarda soʻzidagi -da ana shunday ortiqcha qoʻshimchalardan.

Toʻgʻri, soʻzni agarda shaklida qoʻllash xato emas. Lekin yaxshi matnning sifatlaridan biri loʻndaligidir.

Baʼzan agarda soʻzidan keyin keladigan soʻzda ham -da qoʻshimchasi boʻladi. Bir xil qoʻshimchalarni ketma-ket qoʻllash jumlaning ravonligini kamaytiradi:

 

Agarda bu maʼqul kelmasa, oʻz tanlovingizdan foydalaning. 🧐

Agar bu maʼqul kelmasa, oʻz tanlovingizdan foydalaning.

 

Agarda senda vaqt boʻlganida, birga bozorga borardik. 🧐  

Agar senda vaqt boʻlganida, birga bozorga borardik.

Agar vaqting boʻlganida, birga bozorga borardik. ✅✅

Vaqting boʻlganida, birga bozorga borardik. ✅✅

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube