Agar va agarda
Agar gapning mazmun-mohiyati, ifoda quvvatiga taʼsir etmasa, ortiqcha soʻz va qoʻshimchalardan voz kechish kerak. Agarda soʻzidagi -da ana shunday ortiqcha qoʻshimchalardan.
Toʻgʻri, soʻzni agarda shaklida qoʻllash xato emas. Lekin yaxshi matnning sifatlaridan biri loʻndaligidir.
Baʼzan agarda soʻzidan keyin keladigan soʻzda ham -da qoʻshimchasi boʻladi. Bir xil qoʻshimchalarni ketma-ket qoʻllash jumlaning ravonligini kamaytiradi:
Agarda bu maʼqul kelmasa, oʻz tanlovingizdan foydalaning. 🧐
Agar bu maʼqul kelmasa, oʻz tanlovingizdan foydalaning. ✅
Agarda senda vaqt boʻlganida, birga bozorga borardik. 🧐
Agar senda vaqt boʻlganida, birga bozorga borardik. ✅
Agar vaqting boʻlganida, birga bozorga borardik. ✅✅
Vaqting boʻlganida, birga bozorga borardik. ✅✅
Orif Tolib
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.