Ajnabiy ismlar imlosi: Hores Uells
Savol:
Bir matnni tarjima qilayotgandim. Horace Wells ismini oʻzbekchada qanaqa yozishga ikkilanayapman.
Javob:
Turk tilida aslicha Horace Wells deb berilsa, rus tilida Goratsiy Uells shaklida oʻgiriladi. Har ikki holat ham koʻrsatilgan tillar uchun toʻgʻri. Chunki shunday oʻgirish tartibi qabul qilingan. Bizda esa transkripsiya va transliteratsiya boʻyicha qoida ishlab chiqilmagan. Bu haqda ilmiy ishimda ham yozgan edim.
Chet soʻzlar oʻzbekchaga koʻpincha talaffuzga koʻra olinadi va bu toʻgʻri. Shu bois yuqoridagi ismni Hores shaklida yozgan maʼqul: Hores Uels. Chunki inglizchada shunga juda yaqin tarzda talaffuz qilinadi.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.