Axir: vergul kerak emas
Axir: vergul kerak emas
Koʻp tarqalgan xatolardan biri axir soʻzi bilan vergul ishlatishdir. Axir ravish va yuklama boʻlib kelishi mumkin. Har ikki holatda ham vergul ishlatilmaydi:
- Ravish boʻlib kelganda oxiri, pirovardida, nihoyat maʼnolarini anglatadi. Soʻzning axiyri, axiri koʻrinishlari ham bor. Koʻproq axiyri shakli ishlatiladi:
Axir boʻlmadi. Axir koʻndi.
Qazisan, qartasan, axir zotingga tortasan! – dedi kampir omborni qulflayotib.
A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Axiyri oktyabry oyi ham tugadi.
M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
- Yuklama boʻlib kelganda maʼnoni kuchaytirish va taʼkidlashga xizmat qiladi:
Axir shunchalik basir emas-ku, yoʻl boʻyida turgan odamni koʻrmaydigan.
M. Xayrullayev, Koʻngil.
Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz oʻtib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon!
M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.
📌 Demak,
Axiyri rozi boʻldi. Axir zotingga tortasan. ✅
Axiyri, rozi boʻldi. Axir, zotingga tortasan. ❌
Axir bu oddiy narsa-ku! Tushuning axir! ✅
Axir, bu oddiy narsa-ku! Tushuning, axir! ❌
Orif Tolib