Axir: vergul kerak emas

Axir: vergul kerak emas

Axir: vergul kerak emas

 

Koʻp tarqalgan xatolardan biri axir soʻzi bilan vergul ishlatishdir. Axir ravish va yuklama boʻlib kelishi mumkin. Har ikki holatda ham vergul ishlatilmaydi:

 

  1. Ravish boʻlib kelganda oxiri, pirovardida, nihoyat maʼnolarini anglatadi. Soʻzning axiyri, axiri koʻrinishlari ham bor. Koʻproq axiyri shakli ishlatiladi:

 

Axir boʻlmadi. Axir koʻndi.

 

Qazisan, qartasan, axir zotingga tortasan! – dedi kampir omborni qulflayotib.

A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

 

Axiyri oktyabry oyi ham tugadi.

M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.

 

  1. Yuklama boʻlib kelganda maʼnoni kuchaytirish va taʼkidlashga xizmat qiladi:

 

Axir shunchalik basir emas-ku, yoʻl boʻyida turgan odamni koʻrmaydigan.

M. Xayrullayev, Koʻngil.

 

Axir yoshimiz ketyapti, umr bahorimiz oʻtib, kuzimiz yaqinlashib kelyapti, Hayotxon!

M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.

 

📌 Demak,

Axiyri rozi boʻldi. Axir zotingga tortasan. ✅

Axiyri, rozi boʻldi. Axir, zotingga tortasan. ❌

 

Axir bu oddiy narsa-ku! Tushuning axir! ✅

Axir, bu oddiy narsa-ku! Tushuning, axir! ❌

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.