Lotin yozuvi va muammolar

Lotin yozuvi va muammolar

Kun.uz nashrida taniqli lugʻatshunos olim Ravshan Jomonov bilan suhbat berilibdi. Domlaning baʼzi gaplarini anchadan beri kengroq, misollar bilan yozmoqchi boʻlib yurgandim. Tilga olingan baʼzi mavzularga esa oldin eʼtibor qaratgan edim.

Olimning koʻp fikrlariga qoʻshilaman.

Domla imlo masalalarini muhokama qilishda barcha ziyolilar: jurnalistlar, muharrirlar, oʻqituvchilar, turli soha va fan mutaxassislari, blogerlar qatnashishi kerakligini aytibdi. Haqiqatan, shunday. Muhimi asosli fikr aytish va haqni qabul qilish.

“Biz odatda kirill yozuvida yozganda muammo yoʻqligi shundaki, rus tilidagi variantni toʻla-toʻkis koʻchirib olamiz. Masalan, “yanvar” soʻzi oxirida “” yumshatish belgisi qoʻyiladi, vaholanki u oʻzbek tilida fonologik (maʼno farqlash) vazifa bajarmaydi. Bu belgi qoʻyilishidan qatʼi nazar biz “yanvar” soʻzini sof oʻzbekona talaffuz etamiz. Oʻzbek lotin alifbosida esa bu soʻz “yanvar” tarzida yoziladi“, deydi olim.

, s, щ harflari haqida men ham batafsilroq yozaman, nasib qilsa.

Lekin domlaning baʼzi qarashlarini yoqlamayman. Jumladan, sh, ch, ng, oʻ, gʻ harflarini saqlab qolish, amaldagi lotin alifbosi kunimiz talablariga toʻla javob berishi haqidagi fikrlariga qarshi yetarlicha dalil bor. Bu gaplarni aytish oson, ayniqsa, lotin yozuvini oʻzing amalda ishlatmasang. Kiril yozuvidan lotinga oʻtgan va unda yozishni boshlagan odam qoʻshma harflar qanchalik oʻngʻaysizlik va qiyinchiliklar paydo qilishini juda oson his qiladi.

Ya harfi harfi haqidagi aksar fikrlarga ham qoʻshilaman. Lekin sentyabr, oktyabr soʻzini sentabr, oktabr deb yozishga majburlash ham juda oʻzini oqlaydigan holat emas. Bir paytlar xalqimiz bu soʻzlarni sentabr, oktabr
deb talaffuz qilgan. Bugun esa sentyabr, oktyabr deb talaffuz qilyapti. Imlo talaffuzga yaqinroq boʻlgani yaxshi.

Finlyandiya deb yozish masalasida esa olimning fikrlariga toʻla qoʻshilaman. Finland soʻzini biz ruschadan Finlyandiya shaklida olib qoʻya qolamiz, bu esa jiddiy xato.

 

👉  Suhbat matni bilan bu yerda, videosi bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.