“Bakovuling boʻloyin”: bakovul kim?

“Bakovuling boʻloyin”: bakovul kim?

Milliy ensiklopediyada bakovul soʻziga shunday izoh berilgan:

1️⃣ Chingizxon davrida va temuriylar saroyida taom va ichimliklar tayyorlovchi oshpazlar boshligʻi.

2️⃣ Oltin Oʻrda xonligida qoʻshinga maosh-ulufa ulashish, oʻljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor. Bakovulning hurmat-eʼtibori juda yuqori boʻlgan, unga tumanbegi va mingbegilar ham boʻysoʻngan.

3️⃣ Buxoro amirligida saroy dasturxonchisi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval oʻzi totib koʻruvchi bosh oshpaz.

 

Keyinchalik shevalarda bakovulning yangi maʼnolari paydo boʻlgan:

 

1️⃣ Toʻylarda taom tayyorlovchi oshpaz, pazanda.

2️⃣ Toʻy va bayram (hayit) munosabati bilan oʻtkaziladigan kurash, poyga, uloq (koʻpkari) kabi musobaqalarni boshqaruvchi.

 

Tayyor oshga bakovul iborasi tayyoriga ayyor, qulay vaziyatdan foydalanib qoluvchi odamni anglatadi.

 

Bakovuling boʻloyin degan ibora toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekaniga esa oʻzingiz baho berarsiz.

 

Soʻzning bukovul varianti ham bor.

 

📌  Demak:

Bakovul, bukovul ✅

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube