Belgilardagi hissiyot

Belgilardagi hissiyot

Hozir kompyuter va smartfonlarda emojilar – hisbelgilarning xilma-xil turlari bor. Tayyor grafik nishonlar – stikerlardan ham foydalanish mumkin. Lekin baʼzida harflar va tinish belgilari bilan ham turli munosabat va holatlarni aks ettirish mumkin. Bunda kerakli emojini qidirib oʻtirmaysiz, klaviaturadagi tayyor belgilardan foydalanasiz. Masalan, jumla oxiriga ) – yopuvchi qavs belgisini qoʻyish jilmayish, xush kayfiyatni anglatadi. Bunday imlo internet tiliga xos. Emojilardan esa jiddiyroq matnlarda ham foydalanish boshlangan.

Quyida tuygʻu yoki holatni ifodalashga xizmat qiladigan baʼzi belgilar bilan tanishasiz:

Belgi

Maʼnosi

)

🙂

🙂

:}

Jilmayish, xursandchilik, xush kayfiyat, suhbatdoshga doʻstona munosabat

(

🙁

🙁

Qaygʻu, xafalik, afsuslanish

)))))

Qah-qah otib kulish

:-{)

Moʻylovli kishining jilmayishi

😉

Quvnoq
hazil

¯\_(ツ)_/¯

Yelka qisgan odam. Holatga hayronlik yoki ilojsiz munosabat

😐

._.

-_-

Biror narsaga eʼtiborsiz yoki pisandsiz munosabat

*O*

*_*

Koʻrgan yoki eshitganidan qattiq taʼsirlanish, hayratga tushish

:-()

😮

:-0

:O

Hayratlanish

:-E

:E

:-t

Gʻazablanish, jahllanish

:-<

Gʻamgin kayfiyat

:-X

Jim boʻlishni, bas qilishni soʻrash

*:O)

Masxarabozni ifodalovchi belgi. Suhbatdosh hazil-huzulda haddan oshgan va toʻxtashni bilmaganda ishlatiladi.

:-v

Ezma odam

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube