Chora
Tushmaydigan isitmaday
Qiynab yotadi hijron.
Asablarimni atay
Oʻynab yotadi hijron.
Dodim yorga yetar-u,
Yor yetmaydi dodimga.
Oʻzi bir bor kelmasdan
Kelaverar yodimga.
Bu qizning tosh koʻnglini
Yosh toʻkib yumshatsammi?
Oʻzimni aldab-suldab
Yo soʻkib yupatsammi?
Zoʻrayar dilda otash,
Sovutmoqqa chora yoʻq.
Jon joyimdan olgan u,
Unutmoqqa chora yoʻq.
Tinmay xayol suraman,
Ammo koʻngil toʻlmaydi.
Shu qizga endi tezroq
Uylanmasam boʻlmaydi.
Orif Tolib
2011