“Dorilamon” nima degani?
Dorilamon soʻzi arabchadan kirgan, asliyatda osoyishtalik uyi degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbekchada tinchlik, xotirjamlik, osoyishtalikni bildiradi:
Samarqandda inqilob boʻlganmish. Dorilamon deyishadi, shu rostmi?
Sh. Toshmatov, “Erk qushi”.
Onaginam!
Dorilamon kunlar keldi, shafaqlari ol.
H. Xudoyberdiyeva, “Dorilomon kunlar keldi…”
Etimologik lugʻat soʻzning maʼnosi va qoʻllanishiga boshqacharoq yondashgan: “oʻzbek tilida bu soʻz xavfsiz, osoyishta maʼnosini anglatadi. Yaʼni sifat. Izohli lugʻatda bu soʻzning ikkinchi boʻgʻinidagi unli i deb notoʻgʻri yozilgan, maʼnosi ham ot sifatida taʼriflangan”.
Keyingi nashrlarda u li variant ham izohli lugʻatga kiritilgan: dorulamon.
📌 Demak:
Dorilamon, dorulamon ✅
Dorilomon, dorulomon ❌
Orif Tolib