Hapriqmoqmi yo hapqirmoq?
Shu soʻzni oʻzim ham xato yozib kelardim. Deylik, shoshdim, havliqdim, sabrsizlanib ketdim degan maʼnoda yuragim hapqirdi degan variantni qoʻllashim mumkin edi. Lekin bu xato ekan. Izohli lugʻatda shunday. Ha, lugʻatlarda ham xatolar uchrab turadi. Biroq bu oʻrinda soʻzning hapriqmoq varianti toʻgʻri. Nega?
Hapriqmoq soʻzi hovliqmoq degan maʼno beradi:
Yuragi hapriqib, oʻrnidan turib ketdi.
Oʻ. Umarbekov, Yulduzlar.
Hap taqlid soʻzi ogʻizning tez ochilib-yopilishini, shunda chiqadigan tovushni bildiradi. Hapillatmoq soʻzi shosha-pisha oshash, yamlamay eb qoʻyish, yutib yuborish maʼnosiga ega. Hap-hap qilmoq soʻzi esa shosha-pisha oshash, yeb qoʻyishni anglatadi.
Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdi, hap oʻzagida shoshish, hovliqish maʼnosi bor. Hapriqmoq soʻzi bosiriqmoq, buriqmoq, boʻgʻriqmoq, zoʻriqmoq, miriqmoq kabi soʻzlarga oʻxshab ketadi. Menimcha, oʻzagi hap soʻziga borib taqaladi. Bu soʻz hozir qismlarga ajralmaydi, tub soʻz.
Hapqirmoq soʻzi katta ehtimol bilan hayqirmoq soʻziga qiyosan yuzaga kelgan. Lekin u variantdosh sifatida lugʻatlarga kirmagan va soʻzni bu shaklda qoʻllash xato.
📌 Demak:
Hapriqmoq, yuragi hapriqdi ✅
Hapqirmoq, yuragi hapqirdi ❌
Orif Tolib
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.