Yevrosiyo

Yevrosiyo

Yer sharidagi eng katta materik, ikki qitʼa – Yevropa va Osiyodan iborat.

Yer maydoni 54,9 million kvadrat kilometr, shundan 2,75 million kvadrat kilometri orollardan iborat.

Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika, shimoldan Shimoliy Muz, janubdan Hind, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan.

Milliy ensiklopediyaga koʻra, quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy-tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom – Yevrosiyo deb atashga imkon beradi.

Yevrosiyo tushunchasini geologiya va geografiya fanlariga 1883-yili Eduard Zyuss kiritgan.

2019-yilgi maʼlumotga koʻra, materikda 5,349 mlrd kishi yashaydi, bu Yer shari aholisining 70 foizdan ortigʻini tashkil etadi.

Ayni paytda materikdan 93 ta mustaqil davlat joy olgan.

 

📌 Demak:

Yevrosiyo materigi

Yevroosiyo materigi, Yevro-Osiyo materigi ❌

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube