Gʻarb va Sharq: qachon bosh harfda yozish kerak?

Gʻarb va Sharq: qachon bosh harfda yozish kerak?

💎 Savol:

Gʻarbdan Sharqqa qarab yurish qildi jumlasida gʻarb, sharq soʻzlari bosh harf bilan yoziladimi? Ular qachon kichikda yoziladi? Qozoqboy Yoʻldoshev ikki soʻz oʻrnida kunbotar, kunchiqish soʻzlarini ishlatganini oʻqib qoldim. Shunday turkiy nomlashdayam shu tartibga koʻra bosh harf bilan yozish kerakmi?

 

❇️ Savol:

Bu savolga @xatoliklar kanalida javob bor. Gʻarb, sharq, janub, shimol soʻzlari geografik nom tarkibida kelganda, geografik hudud nomini anglatganda bosh harfda yoziladi: Sharq xalqlari, Uzoq Sharq, Yaqin Sharq, Gʻarb mamlakatlari, Shimol va Janub urushi.

Sanalgan soʻzlar makon yoʻnalishini ifodalash uchun ishlatilganda kichik harf bilan yoziladi: shimol tomon, sharqiy yoʻnalish, davlatning janubi-sharqiy qismi.

Savolning ikkinchi qismiga kelsak, bu soʻzlar alohida holda geografik nom boʻlib kelmaydi. Bunaqasiga amaliyotda uchramaganman. Masalan, Gʻarb mamlakatlari iborasi oʻrnida Kunbotar mamlakatlari birikmasi ishlatilganiga koʻzim tushmagan. Oʻzbekcha sinonimlar asosan makon yoʻnalishini, tomonni anglatish uchun qoʻllanadi va kichik harf bilan yoziladi.

Yana bir eʼtiborli jihat. Yaponiyaning norasmiy nomi bor: Kunchiqar mamlakat. Oʻlka nomi maʼnosida kelganda bu birikmaning birinchi soʻzi bosh harfda yozilishi kerak:

“Poytaxt” mehmonxonasida Kunchiqar mamlakat tadbirkorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.