Holda: vergul kerakmi yoki yoʻq?

Holda -gan qoʻshimchali feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi. Bunday oʻrinlarda vergul ishlatish amaliyotda juda koʻp uchraydi. Lekin bu xato. Chunki vergul ishlatishga sabab boʻladigan jihat yoʻq:
Said sipogarlikni qoʻldan bermagan holda ularni erkalagan boʻladi.
- Sultonov, “Bir oqshom ertagi”.
Qamchini tishlagan holda otga mindi.
- Shams, “Dushman”.
Ularning soʻzi shu yerga yetganda roʻmolda tuguklik bir narsa koʻtargan holda Sayfi kirib keldi.
- Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”.
🟢 Nega vergul kerak emas? Chunki yuqoridagi jumlalarda holda soʻzi bilan kelgan feʼl harakatni sifatlayapti va jarayon bir paytda sodir boʻlyapti. Harakat birin-ketin emas.
@oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.