Halok boʻldimi, vafot etdimi?

Halok boʻldimi, vafot etdimi?

Sinonim soʻzlar maʼno qirralari bilan farqlanib turishi haqida oldin ham aytgan edim. Halok boʻlmoq va vafot etmoq soʻzlarida ham shu holat kuzatiladi. Ularni almashlab ishlatish mazmun-mohiyat oʻzgarishiga olib keladi.

Katta-katta axborot saytlari, telekanallar ham bu ikki iborani xato ishlatayotgan oʻrinlar bor. Nimasi yanglishligini bilish uchun iboralarning maʼnosini bilib olish kerak.

Vafot etmoq iborasi oʻlmoq, olamdan oʻtmoq degan maʼnoni bildiradi. Halok boʻlmoq iborasi esa fojiali ravishda oʻlmoq; baxtsiz hodisaga, halokatga uchrab nobud boʻlmoq maʼnosiga ega.

Endi misollar bilan tanishamiz:

 

Qashqadaryodagi zavodda yongʻin chiqdi. Bir kishi vafot etdi, besh kishi tan jarohati oldi.

 

Bu gapda vafot etdi iborasini ishlatish tahrir nuqtai nazaridan xato. Chunki yongʻin baxtsiz hodisa, undagi oʻlim holati halok boʻlish soʻzi bilan ifodalanadi:

 

Qashqadaryodagi zavodda yongʻin chiqdi. Bir kishi halok boʻldi, besh kishi tan jarohati oldi.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube