Ijtimoiy tarmoqlardagi 1k, 1m kabi qisqartmalar nimani anglatadi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi 1k, 1m kabi qisqartmalar nimani anglatadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar, koʻrishlar yoki maʼqullashlar (layklar) sonini ifodalash uchun shu kabi qisqartmalar ishlatiladi. Xoʻsh, ular qayerdan paydo boʻlgan va nimani anglatadi?

Kkilo soʻzining qisqartmasi. Yunoncha χίλιοι – chílioi soʻzi oldqoʻshimchaga aylangan va juda koʻp oʻlcham birliklarida ishlatiladi. Maʼnosi – ming. 1 kilogramm 1000 gramm maʼnosiga ega. 1 kilometr esa 1000 metr.

Demak, 1k = 1 ming, 10k = 10 ming, 100k = 100 ming.

Mmillion soʻzining qisqartmasi. Lotincha milione soʻzidan. U mille – ming soʻzidan koʻpaytma usulida hosil qilingan. Yaʼni million koʻp ming, ming karra ming deganidir. Mille soʻzining ildizi qadimgi italyan tiliga borib taqaladi. XVI asrgacha bu soʻzni asosan matematiklar ishlatgan. Qadimgi yunonlarda oʻn mingdan baland sonni, qadimgi rimliklarda esa yuz mingdan yuqori sonni ifodalovchi soʻz boʻlmagan.

Baʼzi manbalarga koʻra, mingta ming maʼnosidagi atamani mashhur sayyoh Marko Polo oʻylab topgan. U bu orqali Sharqning behisob boyliklarini ifodalamoqchi boʻlgan. Rus tilida million atamasi Pyotr I davridan qoʻllana boshlagan. Ruslar bu soʻzni nemis yoki fransuz tilidan oʻzlashtirgan.

Turkiy tillarda million maʼnosini ifodalovchi soʻz ming yillar oldin ham bor boʻlgani haqida oldinroq yozgan edim. Bu soʻz oʻzbekchada hozirgacha saqlanib qolgan. Uni bugun ham faol ishlatamiz, lekin maʼnosi oʻzgarib ketgan.

Demak, 1m = 1 million, 10m = 10 million, 100m = 100 million.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube