“Iyigʻi chiqdi”: iyiq nima?

“Iyigʻi chiqdi”: iyiq nima?

Soʻzlashuvda iyigʻim chiqdi, iyigʻi chiqdi, iyigʻing chiqadi kabi jumlalarni bot-bot ishlatib turamiz. Xoʻsh, iyiq oʻzi nima?

Ikki xil maʼnosi bor:

  1. Ot, eshak kabi ish hayvonlarining oldingi ikki oyogʻi ustidagi, beldan boʻyingacha boʻlgan qismi.
  2. Shu joyda paydo boʻladigan yara.

 

Iyigʻi chiqmoq iborasi esa juda ezilmoq, abjagʻi chiqmoq maʼnolarini anglatadi:

 

Yormatgami yo boshqa bir sobiq qarolga uzoq ish berib iyigʻi chiqqan, peshonasi qiyshiq etikni kiydi.

Oybek, Tanlangan asarlar.

 

Ural temir yoʻlida ishlayverib, iyigʻim chiqqanini bilsang edi.

N. Safarov, Uygʻonish.

 

Izohli lugʻat asosida tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.