Junbishga kelmoq: junbish nima?
Junbish soʻzi forschadan olingan. Asliyatda ijtimoiy harakat; harakatlanish, qimirlash maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi. Junbishga kelmoq yoki junbishga kirmoq iboralari tarkibida qoʻllanadi. Ushbu iboralar quyidagi maʼnolarni bildiradi:
1️⃣ Harakatga kelmoq, harakatlanmoq.
Bu azamat ish boshlanishi bilan butun vodiy yangi bir junbishga kiradi.
A. Qahhor, Sarob.
2️⃣ Koʻchma maʼnoda: qoʻzgʻalmoq, qaynamoq.
Qalbida bir-biriga zid, asov hislar junbishga keldi.
📌 Demak:
Junbishga kelmoq, junbishga kirmoq ✅
Junbushga kelmoq, junbushga kirmoq, jumbushga kelmoq, jumbushga kirmoq ❌
Orif Tolib