Magnituda va ball: farqi nimada?

Magnituda va ball: farqi nimada?

Bu ikki tushuncha koʻpincha farqlanmaydi va bu OAVlarda ham kuzatiladi. Aslida ikkisi ikki xil tushuncha.

Zilzila magnitudasi – zilzila payti seysmik toʻlqinlar shaklida ajralib chiqadigan energiya oʻlchovi. Magnitudaning ilk shkalasini 1935-yili amerikalik olim Charlz Rixter taklif etgan, shu sababli magnituda darajasi Rixter shkalasi deb ataladi.

Rixter shkalasi 1 dan 9,5 gacha oraliqda boʻladi. Bunda seysmograf yoki seysmometr qayd qilgan tebranishlar hisobga olinadi. Bu tushunchani koʻpincha zilzila intensivligi shkalasi bilan adashtirishadi.

Zilzila sodir boʻlganda dastlab uning magnitudasi aniq boʻladi, chunki uni seysmograf qayd etadi. Intensivlik shkalasi esa keyinroq – zilzila oqibatlari aniq boʻlgach, oʻrnatiladi.

Zilzila intensivligi shkalasi – yer yuzidagi silkinishlar kuchi oʻlchovidir. Bunda yer ostidagi qalqinishlar emas, aynan yuz yuzasidagi tebranishlar hisobga olinadi. Bu shkala ballda oʻlchanadi. Turli mamlakatlarda turlicha uslublar qoʻllanadi. AQSH, Yevropa va Rossiyada 12 ballgacha boʻlgan shkala qoʻllanadi, biroq ularning har biri alohida uslubga asoslanadi. Yaponiyada meteorologiya agentligining 7 ballik shkalasi amal qiladi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube