Malakali oʻzbek tili oʻqituvchilari ragʻbatlantirilishi kerak
Oʻqituvchilar yaxshi biladi, bu yildan boshlab ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat olganlarga ustama beriladi. Shu sertifikatga ega oʻzbek tili oʻqituvchilariga esa ustama berilmas ekan.
Biladiganlardan soʻrab-surishtirsam, ustama toʻlanmasligiga ikkisining alohida fan ekani sabab ekan. Xuddi fizika sertifikati bilan matematika uchun ustama olinmasligi kabi.
Toʻgʻri, bu ikkisi – alohida fan. Lekin matematika va fizikaga solishtirish juda oʻrinli emas. Ona tili va oʻzbek tili bir-biriga juda yaqin.
Taklifim:
- Sertifikat oʻzbek tili uchun ham qabul qilinsin.
- Mabodo sohaviy farqlari koʻp deyilsa, oʻzbek tili faniga mos milliy sertifikat imtihonlari oʻtkazilsin va u ustamaga asos boʻlsin.
Nima boʻlganda ham, malakali oʻzbek tili oʻqituvchilari ragʻbatlantirilishi kerak.
@oriftolib
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.