Mana bu va manavi

Mana bu va manavi

Bu, shu, u, oʻsha, mana bu, mana shu, ana shu, ana u soʻzlari koʻrsatish olmoshlaridir. Oxirgi toʻrtta olmosh “sof” koʻrsatish olmoshlariga mana va ana soʻzlarini qoʻshish orqali yasalgan. Mana, ana soʻzlari koʻrsatish maʼnosini yakka holda ham bildirishi mumkin.

Mana bu, mana shu, ana shu kabi olmoshlar yaqin masofadagi narsani ajratib koʻrsatadi, ana u, ana oʻsha olmoshlari esa ancha uzoqda turgan yoki oldindan maʼlum narsalarni ajratib koʻrsatadi.  

Mana bu va ana u olmoshlari soʻzlashuv uslubida manavi va anavi shaklida ham qoʻllanadi. Bu shakl kitoblarga, lugʻatlarga, masalan, izohli lugʻatga kirgan. Olmoshlarni gapning mazmun-mundarijagasiga koʻra, har ikki koʻrinishda ishlatish mumkin.

📌 Demak,

Mana bu, manavi, ana u, anavi ✅

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.