Maʼnaviyat yuksalmagan joyda buyuk odam boʻlmaydi

Maʼnaviyat yuksalmagan joyda buyuk odam boʻlmaydi

Romen Rollan hikmatlaridan

 

  • Agar birgina soʻz bilan odamni baxtiyor qilish mumkin boʻlsa, bu soʻzni aytmaslik uchun qanchalar razil boʻlish kerak!
  • Adolatsizlikning oxiri yoʻq: birini toʻgʻrilab, boshqasiga imkon tugʻdirishing mumkin.
  • Asov tanasini boʻysundira olgan irodadan koʻra havasni keltiradigan narsa yoʻq.
  • Vijdon – eʼtiqodning hissiy qorovulidir.
  • Doʻstlar orasidagi tushunmovchilik ular orasiga uchinchi odam tushmagunicha u qadar kuchli boʻlmaydi.
  • Yolgʻon qarshi qaratilgan odamdan oldin uning egasini halok qiladi.
  • Ikkiyuzlamachi – hamisha qul.
  • Insonning eng birinchi burchi aslidagiday boʻlishi, “bu – yaxshi, bu – yomon” degan gapni mardona ayta
    olishidir.
  • Kechirish jazolashdan koʻra koʻproq jasorat talab etadi.
  • Kun vayron qilganni tiklash uchun asr kerak.
  • Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq.
  • Maʼnaviyat yuksalmagan joyda buyuk odam boʻlmaydi.
  • Salomatlik ham kasallik kabi yuqumlidir.
  • Sanʼat oʻz davri intilishlariga hamohang boʻladi.
  • Sanʼatning birinchi qonuni: agar aytadigan gaping boʻlmasa, sukut qil; aytadigan gaping boʻlsa, yolgʻon aralashtirmay gapir.
  • Sogʻlom boʻlishni istagan odam birinchi galda yon-atrofidagi havoni tozalashi kerak.
  • Fikrni oʻldiradiganlar uch karra qotildir.
  • Hayotga muhabbat oʻlim qoʻrquvidan ayro emas.
  • Haqiqiy magʻlubiyat, oʻnglanmaydigan yagona magʻlubiyatni – dushmandan emas, oʻzingdan topasan.
  • Har bir jasoratli, har bir adolatli shaxs Vatanga shon-sharaf olib keladi.
  • Hasadgoʻylar – oʻta yuraksiz kishilardir. Oyogʻini bosib olganingizda ham yuzingizga kulib qarab turaverishadi.
  • Chegarasiz tuman boʻlmaydi. Muhimi – sabot va olgʻa yurish.
  • Sheʼriyat – qofiyadosh soʻzlarning shaqir-shuquri bilan emas, keng miqyosni egallaydigan, inson koʻzidan koʻra chuqurroq va uzoqroqni koʻra oladigan ruhiyati bilan sheʼriyatdir.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik” jurnalining 2018-yil 1-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube