Mehr bor boʻlsin!

Mehr bor boʻlsin!

Uyini yangitdan bezashni istagan bir yapon taxta devorning bitta tomonini olib tashladi. Yaponlarning uylaridagi devorlar odatda taxta yoki gipsdan ishlanadi, ikkitasi yonma-yon qoʻyiladi va oʻrtaga ozgina boʻsh joy tashlanadi. U devorning birinchi qismini buzib olgach, boʻsh joyda oyogʻini mix qisib qolgan kaltakesakni koʻrib, hayron boʻldi. Chunki bu mix taxminan oʻn yilcha oldin, uy qurilishida qoqilgan. Shuncha vaqt davomida bu kaltakesak hech yerga qimirlay olmay qanday yashab qoldi ekan? Qorongʻi devor orasida oʻn yil joyidan jilmay yashaganiga ishongisi kelmasdi.

Odam boshqa ishlarini tashlab, kaltakesakni kuzata boshladi. Shunda qayerdandir boshqa bir kaltakesak paydo boʻldi. Ogʻzida yegulik olib kelib, mixga qisilgan sherigiga berdi. Bu manzarani koʻrib turgan kishi hayratdan yoqasini ushladi. Nahotki? Axir, maxluqlarning eng mukarrami, eng aqllisi boʻlgan odam oilasidan, yaqinlaridan mehr-muhabbatini ayab turgan zamonda qandaydir bir kaltakesak mixga qisilib, yarimjon boʻlib qolgan sherigini tashlab ketmasa? Bu qanday mehr, qanday sevgi boʻldi?

Ey odamlar! Koʻnglingizdagi  asl xazina – muhabbatni oʻldirmang, sizni sevganlarni aslo tark etmang!

 

Orif TOLIB

 

(2014-2015-yil uchun) “Taqvim”da chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube