Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?

Metis, mulat, sambo va kreol: farqi nimada?

Turli adabiyotlarda bu soʻzlarga duch kelamiz. Ular nimani anglatadi?

 

Sarlavhadagi soʻzlarning isteʼmolga kirishi istilochilik davri bilan bogʻliq.

 

Metis – turli irqqa, masalan, yevropaliklar bilan hindularga mansub er-xotindan bunyodga kelgan avlod; duragay.

Mulat – oq tanli (evropeoid irqiga mansub)lar va qora tanlilardan tugʻilgan avlod, nasl.

Sambo – hindular va qora tanlilar nikohidan tugʻilgan avlod.

Kreol – istilochilik davrlarida Amerika, Afrika va Osiyoda turli irq va millatlar qoʻshilishidan paydo boʻlgan avlod.

 

Ushbu soʻzlar hududlarga koʻra turlicha maʼno tashishi mumkin. Masalan, Oʻrta Osiyoda mongoloid va yevropeoid irqiga mansublardan tugʻilganlar metis deb ataladi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube