“Ittifoqo” nima degani?
Bu soʻz asosan badiiy uslubda ishlatiladi. Asli arabcha bu soʻz kutilmaganda, tasodifan, toʻsatdan maʼnolarini anglatadi:
Ittifoqo uchrashib qoldik.
Ittifoqo bu masalaga eʼtibor qaratdi.
Bu soʻzdan soʻng koʻpincha vergul qoʻyishadi. Aslida vergul kerak emas.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.