Minglar ichra
Rasul HAMZATOV
Minglar ichra emasman aʼlo,
Ammo meni uchratganing chogʻ
Oʻyladingki, bu olam aro
Hammasidan menman yaxshiroq.
Minglar
ichra emasman rasvo,
Ammo endi bir aybim sabab
Gʻazabdasan. Nazdingda goʻyo
Men eng yomon, men eng beadab.
Rus tilidan
Orif Tolib
tarjimasi