“Minus”ni chegiramiz

“Minus”ni chegiramiz

Savol:

Shu kunlarda minus 50% gacha chegirma kabi iboralarni koʻp koʻryapman, bu yerda minus soʻzi qanchalik oʻrinli?

 

Javob:

Minus soʻzi ortiqcha. Bu holat pleonazm deyiladi. Jumlada shundoq ham bor maʼno oʻrinsiz takrorlangan. Chunki chegirma maʼlum bir summani chiqarib tashlash yoki olib qolish maʼnosini beradi. Minus soʻzida ham ayirish, kamaytirish maʼnosi bor. Shu bois uni ishlatmaslik kerak:

50% gacha chegirma

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.